TIL, FOLKLOR, SAN’AT VA MADANIYAT UYG‘UNLIGI

TIL, FOLKLOR, SAN’AT VA MADANIYAT UYG‘UNLIGI

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kitobxonlik madaniyati, adabiyot va san’atni rivojlantirishga qaratilgan bir qator qaror va farmoyishlari ush bu sohalarining istiqbolli kelajagini kafolatladi. Muhim hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F-sonli farmoyishiga kо‘ra joriy yil 7 may sanasida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Folklor, til va madaniyat masalalarini ilmiy о‘rganishda fan va innovatsiyalar uyg‘unligi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

TIL, FOLKLOR, SAN’AT VA MADANIYAT UYG‘UNLIGI
Simpoziumda tilshunos va adabiyotshunos olimlar tomonidan folklor san’ati, til va madaniyatimizning noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, ularni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida til, folklor, san’at va madaniyatga hurmat va yuksak e’tibor tuyg‘ularini qanot yozishida kо‘maklashish hamda dunyo xalqlari о‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashning yangicha ulub va tamoyillari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

TIL, FOLKLOR, SAN’AT VA MADANIYAT UYG‘UNLIGI
Konferensiyani О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev ochib berdi. Shuningdek tadbir davomida О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til, adabiyot va folklori instituti akademigi Tо‘ra Mirzayev, Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti professori Umer Kuchukmehmetо‘g‘lu, filologiya fanlari doktori Jabbor Eshonqulov va boshqalar sо‘zga chiqib, til, adabiyot, san’at va folklorshunoslikning о‘zaro bog‘liqligi hamda bu yо‘nalishlarda olib borilayotgan salmoqli ishlar xususida fikr bildirishdi.

TIL, FOLKLOR, SAN’AT VA MADANIYAT UYG‘UNLIGI

TIL, FOLKLOR, SAN’AT VA MADANIYAT UYG‘UNLIGI
Bundan tashqari konferensiyada respublikamizdagi boshqa oliy о‘quv yurtlari professor-о‘qituvchilari, О‘zR FA ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, sohaga doir tashkilotlar mutaxassislari, xorijlik olimlar hamda ilmiy tadqiqotchi yoshlar ishtirok etishdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya о‘z ishini shо‘balarga bо‘lingan holda davom ettirdi.

TIL, FOLKLOR, SAN’AT VA MADANIYAT UYG‘UNLIGI

TIL, FOLKLOR, SAN’AT VA MADANIYAT UYG‘UNLIGI

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print