O’zDSMI, “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi mudiri Iqbol Meliqo’ziyev tashabbusi bilan kafedra o’qituvchisi, operator Izzat Qalandarov postanovkachi rejissyorligida “Oriyat” milliy serialini tasvirga olish ishlari davom etmoqda.
Serialni suratga olish jarayonlarida talabalar ishtirokida fan va ta’limni integratsiyalash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, mutaxassislikning ma’ruza, yakka, amaliy darslari muntazam tasvirga olish maydonchasida tashkillashtirildi.
Mazkur ijodiy-amaliy jarayonlarga “Kino-teleoperatorlik” ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabalari jalb qilingan.
Professional aktyorlar mahorati, tasvirga olishning texnik vositalari orqali yaratilayotgan badiiy tasvirlarni kuzatish va jarayonda bevosita ishtirok etish orqali talabalarni o’z sohasi bo’yicha malakali tarzda tayyorlab, kelgusida ish beruvchi studiyalarga mutaxassis kadr tayyorlash maqsad qilingan.
Matbuot kotibi