Teatr san’ati fakultetida “Sport – sog’liq garovi” shiori ostida sport musobaqasi

Teatr san'ati fakultetida "Sport - sog'liq garovi" shiori ostida sport musobaqasi
Respublikamizda sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta e’tibor ko’rsatib kelinmoqda. Shuningdek, respublikasida mavjud barcha Oliy ta’lim muassasasida sport bilan shug’ullanishga yetarlicha shart-sharoitlar mavjud.
Teatr san'ati fakultetida "Sport - sog'liq garovi" shiori ostida sport musobaqasi
Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish, talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sportga keng jalb etish maqsadida bugun 21 dekabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Teatr san’ati fakultetida sportning voleybol, basketbol, stol tennisi, arqon tortish turlari boyi’cha “Sport – sog’liq garovi” shiori ostida  sport musobaqasi tashkil etildi:
Teatr san'ati fakultetida "Sport - sog'liq garovi" shiori ostida sport musobaqasi
Ushbu musobaqada fakultetning barcha iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland talabalar o’z guruhlari bilan ishtirok etdi. Musobaqa barcha guruhlar o’rtasida tashkil etilganligi sababli o’yinlar o’ziga xos tarzda shiddatli bo’lib o’tdi.
Teatr san'ati fakultetida "Sport - sog'liq garovi" shiori ostida sport musobaqasi
G’olib bo’lgan jamoalar 2020-yil 23-dekabr kuni fakultetlar o’rtasida davom etadi. G’olib bo’lgan jamoa final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritadi.
Final bosqichida g’olib jamoa institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho esdalik sovg’alari va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print