TASHABBUSLAR AMALDA

TASHABBUSLAR AMALDA

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi professor-о‘qituvchilari bilan 3-kurs “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” va “Ijtimoiy – madaniy faoliyat” yо‘nalishlari talabalari ishtirokida Prezidentning besh tashabbusidan birinchisi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish borasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 1-son madaniyat markazida bо‘lib о‘tdi.

TASHABBUSLAR AMALDA
Amaliyotchi talabalar – Nargiza Pо‘latova rejissyorligida, Diyora Nazarova ssenariysi asosida, Umida Usanova badiiy rahbarligida bо‘lib о‘tgan О‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlab “Kitob ziyo nuridir” rukni ostidagi tadbirda “Iftixor” milliy cholg‘u ansambli, “Binafsha” raqs jamoasi hamda Asatilla Sunnatillayev rahbarligidagi Termizda о‘tkazilgan
1-Xalqaro baxshichilik san’ati festivali “Eng faol folklor jamoasi” nominatsiyasi sovrindori “Buvijonlar” folklor-etnografik xalq ansambli qatnashchilari ishtirok etishdi.
Shuningdek kafedra a’zolari 213-sonli umumta’lim maktabi о‘quvchilariga jahon va о‘zbek adabiyotining sara namunalaridan sovg‘a qildilar.
Milliy madaniyatni targ‘ib etish, о‘zbek adabiyotining sara namunalarini mutolaa qilish, xalq og‘zaki ijodini о‘rganish borasidagi tadbirlar davom etmoqda.

image_pdfimage_print