TASHABBUSKOR PEDAGOGLAR

TASHABBUSKOR PEDAGOGLAR

Isohotlar samaradorligini ta’minlash, o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qo’llash ishlarini takomillashtirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi dotsenti Vahob Rustamov, “Folklor va etnografiya” kafedrasi o’qituvchisi Asatilla Sunnatillayev, “Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish” markazi muhandis-dasturchi Yo’lchi Ro’ziyevlar Toshkent viloyati, Bekobod tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 40-41-42-43 umumiy o’rta ta’lim maktablariga tashrif buyurishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz

Tashrif doirasida umumta’lim maktablarining pedagogik jamoalari bilan tanishib, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga ular tomonidan qilinayotgan ishlar, o’quvchilar bilan 5 tashabbus, Harakatlar strategiyasi bo’yicha suhbatlashib, ularning taklif va mulohazalari o’rganildi. Maktablarda o’quvchilar san’at va madaniyat, adabiyot, teatr, rassomchilik, sport bo’yicha to’garaklarga jalb etilganligi, maktablarda tashkil etilgan to’garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz

O’quvchi-yoshlar ongida va qalbida bu kabi uchrashuvlar yorqin taassurotlar qoldirishi shubhasiz.

 

Institut Axborot xizmati

image_pdfimage_print