“TARIX VA TIL” MAVZUSIDA MAHORAT DARSLARI

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI. dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining dotsenti, tarix fanlari nomzodi Bо‘rivoy Qodirov Jizzax viloyati G‘allaorol tumaniga qarashli 26-umumiy о‘rta maktabning о‘qituvchilari va 9-11 sinf о‘quvchilariga “Tarix va til” mavzusida “Mahorat darsi” о‘tkazdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI. dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI. dsmi.uz

“Mahorat darsi” davlatimiz tomonidan 1989 yil 21 oktabr kuni qabul qilingan “Davlat tili tо‘g‘risida”gi qonunning mohiyatini maktab о‘quvchi yoshlar ongiga yetkazishda milliy davlatchiligimiz tarixi bilan bog‘lab о‘tildi. О‘quvchi yoshlarda ona Vatanga sadoqat va tilimizning tarix sahnasidagi о‘rni hamda jahon sivilizatsiyasi tarixidan og‘ishmay bugungi kunga qadar qadr-qimmatini yо‘qotmasdan jahonda о‘z nufuziga ega til sifatida namoyon bо‘layotganligi qiziqarli materiallarga tayanib, savol-javoblar asosida olib borildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI. dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI. dsmi.uz

"TARIX VA TIL" MAVZUSIDA MAHORAT DARSLARI
Maktab о‘quvchilari Hazrat Alisher Navoiy g‘azallaridan va о‘zbek shoirlarining she’rlari bilan chiqishlar qildilar hamda о‘tkazilgan “Mahorat darsi” maktab о‘qituvchilari va о‘quvchilarida katta taassurot qoldirdi. Kelgusida hududlar bо‘yicha qator rejalar о‘rtaga tashlandi.

"TARIX VA TIL" MAVZUSIDA MAHORAT DARSLARI
Mazkur “Mahorat darsi” umumiy о‘rta ta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari о‘rtasidagi aloqalarni integratsiyalash jarayonida muhim rol о‘ynaydi.

 

Institut Axborot xizmati

image_pdfimage_print