Talabamiz “Ma’rifatli yoshlar-yurt kuzgusi” shiori ostida onlayn festivali g’olibi bo’ldi

Talabamiz "Ma’rifatli yoshlar-yurt kuzgusi" shiori ostida onlayn festivali g’olibi bo'ldi

Shu yilning 25-27 iyun kunlari Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Ma’rifatli yoshlar-yurt kuzgusi” shiori ostida onlayn festival bо‘lib о‘tdi. Festival dasturidan “Sport mahoratim” mavzusidagi tanlov ham о‘rin olgan. Tanlovda talabalarning noan’anaviy jismoniy qobiliyatlari namoyish qilingan video lavhalar sо‘ralgan edi. G‘oliblar pul mukofoti: 1-о‘rin 2000000, 2-о‘rin 1 500 000, 3-о‘rin-1000000 sо‘m pul mukofoti hamda Diplom bilan taqdirlanishi e’lon qilingan edi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Teatr san’ati” fakulteti 1- bosqich talabasi Maftuna Nurmanova ushbu tanlovda ishtirok etib, 2- о‘rinni egalladi va 1 million 500 ming sо‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Maftuna Nurmanovaga bundan keyingi faoliyatida ham yanada yuqori marralarni egallashini tilab qolamiz.

image_pdfimage_print