TALABALARNING IJODIY TAQDIMOTI О‘TKAZILDI

TALABALARNING IJODIY TAQDIMOTI О‘TKAZILDI

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalarining qisqa metrajli filmlari, roliklari taqdimoti о‘tkazildi.

Mazkur ijodiy taqdimot xorijiy oliy ta’lim muassasalarida о‘qishi mumkin bо‘lgan iste’dodli yoshlarni saralashda ham muhim ahamiyatga ega. Taqdimotda fotonigoh, multfilmdan lavha, roliklar olish jarayoni kо‘rsatib berildi.

TALABALARNING IJODIY TAQDIMOTI О‘TKAZILDI

Shuningdek tadbirda videolavhalar kо‘rigi tashkil etildi. Unda iqtidorli talabalarning 15 asari namoyish etildi. Institut talabalari 10 yoshgacha bо‘lgan о‘g‘il-qizlar uchun tayyorlagan milliy qahramonlar ishtirokidagi о‘yin taqdimoti ham о‘tkazildi. Mazkur о‘yinni keng ommalashtirish rejalashtirilmoqda.

TALABALARNING IJODIY TAQDIMOTI О‘TKAZILDI

Kelasi о‘quv yilidan boshlab О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bakalavriat yо‘nalishi bitiruvchilarining BKDIda ijro etuvchi prodyuser, dramaturgiya va audiovizual san’at rejissurasi mutaxassisliklari bо‘yicha о‘qishi ham rejalashtirilmoqda.

O`zDSMI Axborot Xizmati

image_pdfimage_print