TALABALARGA AJOYIB TUHFA

TALABALARGA AJOYIB TUHFA

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev о‘zi tahsil olgan oliy ta’lim dargohi kutubxonasiga shaxsiy kitoblar orasidan saralangan sohaga doir va badiiy adabiyotlar jamlanmasini sovg‘a qildi.

TALABALARGA AJOYIB TUHFA
Kitoblar orasida san’at, madaniyat yо‘nalishidagi ilmiy va tahliliy qо‘llanmalar, turli davrlarda bitilgan jahon adabiyotining eng sara asarlari mavjud.

TALABALARGA AJOYIB TUHFA
Aytib о‘tish lozimki, tashabbus davlatimiz rahbari tomonidan shu yilning 19 mart kuni о‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan. Unda prezidentimiz ushbu loyiha farzandlar tarbiyasi va bilim olishida muhim ahamiyatga ega ekani haqida gapirib, «har bir rahbar о‘zining shaxsiy kutubxonasidan о‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bо‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi», deya ta’kidlagan edi.

 

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print