TALABALAR UCHUN SHAROITLAR

TALABALAR UCHUN SHAROITLAR

Talaba-yoshlarning axloqiy tarbiyasi, jamoat ishlaridagi faolligi, yashash sharoitlarini yaxshilash muhim bosqich hisoblanadi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalar turar joyi yoshlari uchun zarur qulayliklar tashkil etilmoqda. Intsitut rektori, professor Ibrohim Yuldashev tashabbusi bilan yotoqxonalar yangidan ta’mirlanib, kerakli jihozlar, hududdagi kutubxonaga zamonaviy kompyuterlar о‘rnatildi. Talabalar uchun turli kiyim va kitob jovonlari sotib olinib, oshxona buyumlari va yuvinish anjomlari bilan tо‘liq ta’minlandi.

TALABALAR UCHUN SHAROITLAR
Institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i Zulxumor Narqо‘ziyeva boshchiligida yotoqxonada yashovchi talabalar bilan axloqiy meyorlar, oliy ta’lim muassasasida kiyinish madaniyati, mahorat darslariga qatnashish, ichki tartib-intizomga rioya etish hamda kitobxonlik yuzasidan suhbatlar о‘tkazildi.

TALABALAR UCHUN SHAROITLAR

Shuningdek, turar joy bilan bog‘liq turli masalalar ham kо‘tarilib, muammoli vaziyatlarga choralar kо‘rildi.
Institut talabalar turar joyida yashovchi yoshlar asosan viloyatliklar bо‘lib, ularning sharoitini yaxshilash, moddiy va ma’naviy qо‘llab-quvvatlash borasida ham kо‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy ta’lim muassasasi – talabalarning ikkinchi uyi, uni ham obod saqlash, asrab-avaylash yelkadagi mas’uliyatli burchdir.

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print