TALABALAR UCHUN QULAYLIKLAR

Ezgu maqsadlar yо‘lida qilingan ishlar xayrli va barokotli bо‘lajak. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalarning dars mashg‘ulotlarida faolligini ta’minlash maqsadida zamonaviy innovatsion о‘quv auditoriyalari tashkil etilmoqda. Qulaylik mehnat unumi va natijalar samarasini belgilaydi. Instituning professor-о‘qituvchilari endilikda zamonaviy innovatsion о‘quv auditoriyalarida xorijning ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalangan holda zamonaviy sharoitlarda dars mashg‘ulotlarini о‘tishmoqda. Mazkur auditoriyalar eng zamonaviy о‘quv jihozlari: bir kishilik partalar, elektron moslamalar, video kuzatuv kameralari, doska, turli о‘quv qurollari bilan tо‘la ta’minlangan.

TALABALAR UCHUN QULAYLIKLAR
Mazkur sharoitlar talabalar uchun ilg‘or texnologiyalar asosida sifatli dars о‘tishlari va albatta ta’lim istiqbollarini ta’minlashga kо‘mak beradi. Qolaversa, professor-о‘qituvchilar ham о‘z faoliyati davomida о‘quv auditoriyalaridagi qulay uslublardan bemalol foydalana olishadi. Bu esa kelgusida yoshlarimiz xorij tajribasidan qolishmagan holda yetuk kadr bо‘lib yetishishlari uchun keng zamin yaratadi.

TALABALAR UCHUN QULAYLIKLAR
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida zamonaviy ilg‘or texnologiyalar asosidagi innovatsion о‘quv auditoriyalari tashkil etilishi davom etadi. Unutmang, ta’limga qaratilgan yuksak e’tibor kelgusida albatta samarasini berajak.

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot kotibi

image_pdfimage_print