TALABALAR UCHUN QULAYLIKLAR

TALABALAR UCHUN QULAYLIKLAR

Elga xizmat – oliy himmat, deganlaridek, fidokor yurtdoshlarimizning og‘irini yengil qilish yuzasidan mamlakatimizda qator ishlar avj olgan. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talaba-yoshlar uchun maxsus gо‘zallik saloni tashkil etildi. Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev boshchiligida tantanali ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi.

TALABALAR UCHUN QULAYLIKLAR

Maishiy xizmat kо‘rsatish markazi bо‘lmish mazkur gо‘zallik saloni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Qizlar va yigitlar yotoqxonasida ochilgan bо‘lib, talabalarning talab va istaklari hisobga olinadi.

TALABALAR UCHUN QULAYLIKLAR
San’at sohasida tahsil olayotgan yoshlar uchun mana shunday gо‘zallik salonlarining ochilishi quvonarli, sababi sahna va televideniye sohalari bilan hamkorlik qiluvchi ijodkor yoshlarimizning ehtiyojlari qondiriladi. Ularga malakali xodimlar xizmat kо‘rsatishmoqda.
Talaba-yoshlar mazkur qulayliklardan juda xursand, ular uchun yaratilayotgan sharoitlar istiqbolli natijalarga xizmat qilishiga tilakdoshmiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print