TALABALAR BILAN UCHRASHUVLAR

Yoshlarning ma’naviy tarbiyasi qatorida moddiy ehtiyojlari, talab va istaklari ham muhim о‘rinda turadi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joyi tо‘liq zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi.
Talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, kunduzgi о‘qish tizimidan keyingi bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan muhtaram yurtboshimiz tomonidan ilgari surilayotgan turli islohotlar doirasida talabalar turar joylarida “Tashabbus burchagi” tashkil etilib, о‘zbek milliy cholg‘u asboblari va zamonaviy musiqa asboblari keltirildi. Endilikda talabalar darslardan bо‘sh vaqtlarida musiqa mashg‘ulotlari, aytishuv, jonli ijro va turli musiqiy debatlar о‘tkazishadi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Talabalar turar joyi butunlay kapital ta’mirdan chiqarildi. Kutubxonalar tashkil etildi, mehmonxonalar zamonaviy texnik buyumlar asnosida barpo etildi. Shuningdek, yigitlar va qizlarga maishiy xizmat kо‘rsatadigan zamonaviy uslubdagi gо‘zallik salonlari ham ishga tushdi. Endilikda yoshlar arzonlashtirilgan narxlarda ushbu xizmatlardan bemalol foydalanishlari mumkin. Binoning yotoqxonalariga kundalik ehtiyoj buyumlari, yotoq jihozlari, oshxonalarga zamonaviy jihozlar, yuvinish xonalariga esa tozalash vositalari, kerakli uskunalar keltirildi. Yotoqxonada yashovchi talabalar uchun televizorlar ham ishga tushirildi. Mazkur harakatlar institut talabalarining yashash sharoitlarida ortiqcha sarf-xarajatlar va turli noqulayliklar bо‘lmasligi uchun tashkil qilinmoqda. Turar joylarning tozaligi ham doimo nazorat qilinadi. Hozirda har bir kafedra mudirlari va professor-о‘qituvchilar bittadan xonaga biriktirilib, talabalar bilan alohida shug‘ullanishadi, ularning bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan yana yangi dasturlar va takliflar ishlab chiqishadi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev kuni kecha 2-talabalar turar joyini aylanib, mavjud sharoitlar bilan tanishdilar, yoshlar bilan yuzma-yuz kо‘rishib, muammolarini hal etish uchun takliflarni kо‘rib chiqdilar.
2-talabalar turar joyi mudiri Jahongir Karimov nazoratida barcha kamchiliklar bartaraf etilishi rejalashtirildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Institut professor-о‘qituvchilar talabalar turar joyining har bir xonasiga biriktirilib, muntazam ravishda ishlashadi. Mazkur jarayonlar yoshlar faolligini yanada oshiradi, zarur shart-sharoitlardan oqilona foydalanishga zamin yaratadi. Ulkan rejalar ijobiy natijasini beraversin.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati

image_pdfimage_print