TALABALAR BILAN UCHRASHUV XUSUSIDA

TALABALAR BILAN UCHRASHUV XUSUSIDA

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yuldashev institutning kino, televideniye va radio san’ati fakulteti talabalari bilan uchrashdi.

TALABALAR BILAN UCHRASHUV XUSUSIDA
Ochiq muloqot tarzida о‘tkazilgan uchrashuvda institutda olib borilayotgan ishlar samaradorligi, talaba-yoshlarning yangilanishlarga munosabati va ulardagi mavjud muammolar xususida fikr almashildi.
– Institutda amalga shirilayotgan ijobiy о‘zgarishlarni, respublikamizda sodir bо‘layotgan yangilanishlarni bugun barcha talabalarimiz dildan his etib ularga о‘z munosabatlarini bildirib borishlari muhim va shartdir, – dedi filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev. – Sababi rivojlanish uchun qо‘yilayotgan har bir qadam, qaror va famoyishlar siz yoshlarning kelajagingiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ularni bilish va mazmun mohiyatini chuqur anglashingiz uchun albatta gazeta, jurnal hamda televideniyeni kuzatib borishingiz maqsadga muvofiqdir. Shunday ekan о‘qishni, izlanishni hech kanda qilmang. Maqsadni yuqori qо‘yish va unga erishi uchun mutolaa eng tо‘g‘ri yо‘ldir.

TALABALAR BILAN UCHRASHUV XUSUSIDA TALABALAR BILAN UCHRASHUV XUSUSIDA
Muloqot yakunida talabalar tomonidan bildirilgan mavjud muammolar va о‘qish jarayonidagi kamchiliklar rektor tomonidan tinglandi. Ularni bartaraf etish va bunda yoshlarning о‘zlaridan talab etiladigan ishlar xususida fikr-mulohazalar bildirib о‘tildi.

 

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print