TALABALAR BILAN ERKIN MULOQOT

О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, istiqbolli kadrlar tayyorlash, salohiyatli yoshlar auditoriyasini kengaytirish bosh maqsadimizga aylanib bormoqda.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivolantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi farmoni imzolandi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev oliy ta’lim muassasasining Axborot resurs markazida “Xalq ijodiyoti” fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 1-kurs talabalari bilan erkin muloqot olib bordilar.


Suhbat boshlanishida talabalarga bir finjomdan qahva ulashildi, mazkur tamoyil yoshlarni erkin va ochiq muloqot olib borishlari uchun keng sharoit yaratdi.
Rektor talabalarga muhtaram yurtboshimiz ilgari surgan oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, magistrant va bakalavriat talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik kо‘rsatkichlari oshishi, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarni xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash yuzasidan ma’ruza о‘tib berdilar.


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “О‘zMU xabarlari” nomli ilmiy-publitsistik jurnal chop etiladi. Hozirda institut jamoasi respublika ilmiy jurnallarni xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash borasida ingliz tilida “Culture and Arts of Central Asia” nomli ilmiy-elektron platforma yaratishdi. Respublikamizdagi 41 ta oliy ta’lim muassasasi ichidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ham о‘rin oldi. Endilikda san’at va madaniyat sohalarida faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilar va tahsil olayotgan barcha talabalar ilmiy salohiyatlarini oshirgan holda, mazkur elektron baza orqali о‘z maqolalarini chop etishlari tezkor va sifatli tarzda yо‘lga qо‘yiladi. Olimlardan xorij tillarini mukammal bilishlari, axborot texnologiyalaridan oqilona foydalana olishlari talab etiladi.


Rektor talabalarning о‘qish davrini ilk onlaridanoq ilmiy izlanishlarini, ijodiy jihatdan faol bо‘lishlarini alohida ta’kidlab о‘tdilar. Mazkur harakatlar muhtaram yurtboshimiz ilgari surayotgan muhim islohotlarga munosib hissa tarzida qо‘shilajak.

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi