Startap loyihalar bо‘yicha davra suhbati

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” doirasida kо‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun 12 mart kuni Ilmiy-ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor Gо‘zal Xalikulova boshchiligida institutning barcha kafedra mudirlari, doktorantlar, magistrantlar, iqtidorli talabalar uchun startap loyihalarni tayyorlash, ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish bо‘yicha katta davra suhbati о‘tkazildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi asosida oldinda ta’lim sohasida qilinadigan ishlar, yangicha innovatsiyalar, kreativ dasturlar ishlab chiqish takliflari о‘rtaga tashlandi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Gо‘zal Xalikulova asosan san’at va madaniyat sohalarida ilmiy tadqiqot olib borayotgan magistrant va doktorantlarning dissertatsiya ishlaridan startap loyihalar yaratish, ilmiy-ijodiy jarayonlarda yangicha yondashuvlar, innovatsiyalar qо‘llashni о‘rtaga tashladilar. Endilikda professor-о‘qituvchilar bergan qator takliflar yuzasidan loyiha dasturlari mukammal tarzda ishlanib, taqdimot qilinadi hamda amaliyotga topshiriladi.
Davra suhbatida “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi mudiri, professor О‘rozali Toshmatov sо‘zga chiqib, startap loyihalar bо‘yicha ma’lumotlar berib о‘tdilar.
Eslatib о‘tamiz, institutda Gо‘zal Xalikulova, О‘rozali Toshmatov, Baxtiyor Salaydinov, Gulnoza Aripova kabi bir qancha professor-о‘qituvchilar xalqaro darajadagi turli loyiha va tanlovlarda grant dasturlarini yutganlar. Mazkur jarayonlar hali davom etadi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Ilm, ma’rifat va ma’naviyat shaxsni kamolotga yetkazadi. Zero, mamlakat taraqqiyoti barkamol avlod qо‘lidadir!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print