Sport bilan hamnafas

Sport bilan hamnafas

Insonning ildam harakatlari va shijoati doimo oldinga yetaklaydi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedrasi о‘qituvchisi Dilaram Mamirova Tavakulovna boshchiligida 1-4 kurs talaba yigitlari о‘rtasida minifutbol о‘yinlari tashkil etilmoqda.

Sport bilan hamnafas
Ayni kunlarda muhtaram yurtboshimiz tashabbusi bilan ilgari surilayotgan turli islohotlar qatorida yoshlarni bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari samarali tarzda yо‘lga qо‘yilgan.

Sport bilan hamnafas

Oliy ta’lim muassasasida ham sportsevar yigitlar faolligini yanada oshirish maqsadida minifutbol musobaqalari bir oy muddat mobaynida davom etadi.

Sport bilan hamnafas
Pedagog Dilaram Mamirova har taraflama sog‘lom, sport bilan hamnafas yashovchi, chaqqon va harakatchan yoshlarni qо‘llab-quvvatlaydilar. Endilikda mazkur musobaqalar respublika OTMlari bilan hamkorlikda о‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Talaba yigitlarning qiziqishlari professional sport sari yetaklasa ajab emas. Ezgu ishlar yо‘li ravon bо‘lsin!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print