“SMART TA’LIM” YANGI DAVR METODIKASI

Joriy yilning 18-19 noyabr kunlari Toshkent shahridagi Yeoju texnika institutida (YTIT) Erasmus Milliy ofisi tomonidan tashkillashtirilgan yevropalik ekspert professor Ebba Ossiannilsson ishtirokida “O’quv jarayoniga yangi o’quv dasturlari, zamonaviy pedagogika va smart-texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim muassasalarida o’qitish sifatini oshirish” mavzusidagi seminar bo’lib o’tdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Zamon rivojlanayotgani sayin har bir sohada o’zgarishlar kuzatiladi. Biznes, ishlab chiqarish, texnologiyalar soat sayin rivojlanayotgani kabi, ta’lim ham xuddi shu tezlikda rivojlanib, ishlab chiqarishga mos kadr yetishtirib berishga xizmat qilishi darkor. Ana shunda Oliy ta’lim muassasasini bitiruvchisi, egallagan zamonaviy bilimi bilan hozirgi davr ishlab chiqarishiga mos kadr bo’lib yetishadi.
Zamonaviy ta’lim olishda 4-sanoat inqilobining o’rni katta. 4-sanoat inqilobi sun’iy bilim, robotlashtirish, internet tarmog’idan foydalanish, nanotexnologiyalar orqali bilim olishni o’zida mujassamlashtiradi. 4- sanoat inqilobining o’ziga xosligi shundan iboratki, texnologiyalar orqali keng bilim olish va tadqiqotlar o’tkazishni ta’minlaydi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi kunga kelib 60% ish joylariga kreativ fikrlaydigan kadrlar kerak.
Olimlarning fikricha, raqamli rivojlanish inson bilim olishining markazida turishi lozim. Kreativlik va tanqidiy fikrlash hozirgi kunda inson rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Shunga ko’ra, raqamli konsepsiya 3 turga bo’linadi: bilim, mahorat va munosobat.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Professor Ebba Ossiannilssonning aytishicha, zamonaviy ta’lim yangi innovatsiya va texnologiyalardan foydalanilgan holda olib borilishi kerak. Yangi ishlab chiqarilayotgan texnologiyalar ta’lim sifatini yaxshilash uchun xizmat qilishi lozim.
Professor Ebba Ossianilsson global tendensiyalar va global o’zgarayotgan atrof-muhit haqida olib borgan izlanishlarini taqdimot qilar ekan, olimlar tomonidan ishlab chiqilgan 10 ta Eko tizimni zamonaviy ta’lim berishdagi muhim jihatlarini sanab o’tdi. Ushbu tuzilgan Eko tizim sifatni yahshilash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha Oliy ta’lim muammolarini huddi yonayotgan uyni o’chirayotgandek yechish zarur.
Zamonaviy ta’limda qog’ozning o’rnini raqamli texnologiyalar egallashi lozim. Raqamli texnologiyalar faqatgina inson uchun xizmat qilishi darkor.
Ta’lim sifati 3 turda baholanadi:
1.Xizmat- talabalar va professor-o’qituvchilar xizmati.
2. Mahsulot- dastur yaratish, mavzuni talabalarga to’liq yetkazib berish.
3. Boshqaruv- strategik rejalash va rivojlantirish.
Lekin, olimlarning fikricha yangiliklarni ko’pchilik qabul qilishni hohlamas ekan, chunki yangilik kiritishda yangi muammolarni hal etish, yangi vazifalarni yechish kerak bo’ladi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Hozirgi davrda ta’limga bo’lgan talab tobora kuchayib bormoqda ekan, yangi texnologiyalar va raqamli transformatsiya inson bilim olishida katta ahamiyatga kasb etadi. Albatta, har bir sohaning yetuk mutaxassisi bo’lish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, eng so’nggi ma’lumotlardan habar topish lozim. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda har uchinchi inson masofaviy o’qish orqali bilim olmoqda. Shunday ekan “Smart ta’lim” bu kelajak ta’limidir, unga hozirdan tayorgarlik ko’rishimiz kerak.
Seminar so’nggida tinglovchilar bilan savol javob o’tkazildi. Seminar qiziqarli va ma’lumotlarga boy tarzda olib borildi.

Gulnoza Aripova

 

image_pdfimage_print