SIZ BUNI ALBATTA UDDALAYSIZ

SIZ BUNI ALBATTA UDDALAYSIZ

Ilm isonni yuksaltiradi, ulug`laydi va uning qalb ko`zini ochadi yana savobli amallargada undaydi. Darhaqiqat, ilmdan o`zga najot yo`q faqatgina u insoniyatni hayot yo`llarini ravon va yorug` bo`lishini ta`minlaydi. Birgina insonning joniga oro kiruvchi tibbiyot qayerdan paydo bo`ldi? Albatta ilm, izlanish va mehnat natijasida. Ha, ilm mehnat demakdir! Ilm uchun bel bog`lagan kishi turli sinovlar va qiyinchiliklardan o`tadi ammo baribir ma`rifat gulshaniga yetadi.
Kuni kecha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetiga qilgan tashrifi davomida Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan va ayrim viloyatdagi oliy o`quv yurti rektor va prorektorlari, professor-o`qituvchilari hamda faol talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Men ham baxtli talabalar safida ushbu uchrashuvda ishtirok etdim.

SIZ BUNI ALBATTA UDDALAYSIZ
Albatta, har bir yurtning rivojlanishdan to`xtashi ilmning yo`q bo`lishi bilan bog`liq bo`lsa, uning rivojlanishini ilmning rivojlanganlik darajasi belgilab beradi. Bo`lib o`tgan uchrashuvda sohaga doir ko`plab yangiliklar kiritildi xususan, O`zbekistonda ilm-fan taraqqiyoti uchun 200 milliard AQSH dollari miqdorida mablag` ajratilib, ushbu pullar ilm-fanning ko`plab sohalarini rivojida sarf etilishi belgilab olindi.

Shuningdek uchrashuv davomida malakali kadrlar tanqisligi va ularni shakllantirish masalasi yurtboshimiz tomonidan alohida ta`kidlandi. Islohotlardan yana biri Prezidentimiz 2019-yil 19-martda qabul qilgan 5 ta tasabbush bo`yicha musobaqalar tashkil etilishi, oliy o`quv yurtida ta`lim olayotgan magistrantlar ilmiy-tadqiqot institutlarida stajyorlik vazifasini o`tab ilmga kirib borishi va natijada uning ilmiy sohaga yo`naltirilishi kerakligi, Respublika fan va texnologiya kengashini tashkil etishi, 2019-yil 1-sentyabr sanasidan e`tiboran Respublikadagi fan doktorlarining maoshiga 60%, fan nomzodlarining ish haqlariga 40% ustama qo`shilishi belgilab berildi.
Bundan tashqari, tashabbuslarining 5 bo`g`ini ijrosi sifatida respublika xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboyevaga o`zbek qizlarini qanday tarbiyalash kerakligi to`g`risidagi metodik qo`llanma hali Respublikamizda yaratilmagani ta`kidlab, uni yaratish vazifasi yuklatildi.

SIZ BUNI ALBATTA UDDALAYSIZ
Davlatimiz rahbari “Hamma islohotlar bu eng avvalo o`zbek xalqining manfaatlari uchun” deya ta`kidlab o`tdilar va qabul qilinayotgan qonunlarning amaliyotdagi tatbiqi xalqqa yetib borishini ta`minlashni alohida ta`kidladilar. Uchrashuv so`ngida yurtboshimiz har bir oliy o`quv yurti ilm-fan bilan shug`ullanishi, shug`ullanganda ham jiddiy ishlar qilish lozimligini ta`kidladilar. Zero, ilm — yagona najot yo`li, taraqqiyot garovi va yuksaklik marrasi. Shunday ekan butun oliygohimiz a`zolari, ayniqsa tengdoshlarimga yelkamdagi ushbu jiddiy mas`uliyat, ya`ni yurtboshimizning chaqiriqlarini sizga baralla yetkazishni istadim.

SIZ BUNI ALBATTA UDDALAYSIZ
Qadrli talabalar, o`z ustingizda ishlashdan aslo charchamang! O`rningizdan ga`yrat bilan, shaxd bilan turing va yuksaklik sari intiling zero, ona xalqimiz, yurtboshimiz sizdan yuksak marralarni zabt etishingizni kutyabdi va siz buni albatta uddalaysiz.

 

Rustamaliyeva Shahnoza,
O`zbekiston davlat san`at va madaniyat
instituti “ijtimoiy-madaniy faoliyat”
ta`lim yo`nalishi 3-bosqich talabasi

image_pdfimage_print