SHIJOATLI YOSHLAR

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Respublika Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi boshchiligida davra suhbati о‘tkazildi. A’zolar Nodirbek Shukurov, Umid Nabiyev, Sardor Obidov institutning iqtidorli talabalariga turli loyihalar, ijodiy tanlovlar borasida ma’lumotlar berishdi. Uchrashuvning eng asosiy maqsadi institut Yoshlar ittifoqi kengashiga yangi yetakchi tayinlash bо‘ldi. Sobiq yetakchi Bobur Ubaydullayev о‘zining kuchli salohiyati, mehnati va shijoati ila kо‘p ishlarni amalga oshirdi, sanoqsiz yoshlarni kashf etdi, ularga ma’naviy kо‘mak berdi. Endilikda faolligi uchun Respublika Yoshlar ittifoqi tomonidan yangi lavozimga ishga tayinlanayotganligi sababli institut miqyosida yetakchi “Ijtimoiy madaniy faoliyat” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Jumagul Nishonova etib tayinlandi. Yig‘ilgan barcha talabalar Jumagul haqila iliq fikrlar bildirishdi, kelgusida birgalikda kо‘plab ishlarni amalga oshirishni rejalashtirishdi.

SHIJOATLI YOSHLAR
Yoshlarning faolligi va g‘ayrati jamiyatni yangi bosqichga kо‘taradi. Jumagul Nishonova endilikda har doimgidanda serg‘ayrat va mas’uliyatli bо‘lishi talab etiladi. Institut jamoasi nomidan tabriklab, muvaffaqiyatlar yor bо‘lishini tilaymiz!

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print