SEHRLI SADOLAR

SEHRLI SADOLAR

Musiqaning sehri va mо‘jizasi kо‘ngillarni sururga tо‘ldiradi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti О‘quv teatrida “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasining ustoz san’atkor, professor Feoktist Nikiforovich Vasilyev tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Ustozga ta’zim” nomli xotira kechasi bо‘lib о‘tdi. Konsert dasturida dotsent Hikmat Rajabov boshchiligida talaba-sozandalar jamoasi ishladi.

SEHRLI SADOLAR
“Ustozga ta’zim” kuyi Respublika va Xalqaro tanlovlar laureati Ma’murjon Olimov ijrosida, “Sharqona raqs” Nozima Abdumajidova ijrosida, “Ispancha gitara” Jamshid Rajabov ijrosida, “Romeo va Julyetta” operasi “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Dilshod Karimov ijrosida yangradi. Sahnada dotsent Hikmat Rajabov “Surnay navosi” kuyidan avval ustozidan qolgan meros – milliy cholg‘u asbobi haqida qalbi tо‘lqinlanib sо‘zlab berdilar. Betakror ohanglar tinimsiz qarsaklar ostida qoldi.

SEHRLI SADOLAR
Tadbir mehmoni xonanda О‘lmas Olloberganov ham sahnada ustozlarni yod etib, “Rohat” kuyini taqdim etdi.
Ustoz san’atkor, professional bastakor Doni Zokirov musiqasi bilan yozilgan “Kо‘rmadim” kuyini О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Tohir Rajabiy mahorat bilan ijro etdilar.

SEHRLI SADOLAR
Xotira kechasi yakunida О‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi rais о‘rinbosari, О‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, professor Habibulla Rahimov sо‘zga chiqib, institutdagi gо‘zal muhit, yetishib kelayotgan iste’dodli yoshlarning shijoati va milliy qо‘shiqlarimizga bо‘lgan mehr-muhabbati haqida sо‘zladilar.
Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev mana shunday gо‘zal tadbirlar bardavom bо‘lajagini, har oyning sо‘nggi payshanbasida О‘quv teatrida “Maqom kechasi” tashkil etilajagi, mazkur sa’y-harakatlar muhtaram yurtboshimiz ilgari surayotgan ustuvor vazifalarga munosib hissa bо‘lishi borasida sо‘zlab о‘tdilar.
Milliy cholg‘u asboblarining sehrli sadolariga tо‘la xotira kechasi kо‘ngillarni shukuhga va qaynoq tuyg‘ularga tо‘ldirdi. Ustozlarimizning muqaddas xotiralari qalblarimizda mangu yashasin!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot kotibi

image_pdfimage_print