“Scopus, Science Direkt ma’lumotlar bazasidagi jurnallardan foydalanish va maqolalar chop etish” mavzuida onlayn seminar

dsmi.uz

2020 yil mamlakatimizda “Ilm,ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi oldiga ham qator vazifalarni qo‘yadi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 30 aprel, 1 may kunlari “Scopus, Science Direkt ma’lumotlar bazasidagi jurnallardan foydalanish va maqolalar chop etish” mavzuida onlayn seminar o‘tkazildi. Seminarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Go‘zal Xoliqulova va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Alla Palapanilar olib borishdi. Anjumanda institutda faoliyat ko‘rsatayotgan dekanlar, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. O‘tkazilgan onlayn seminarda ilm, ma’rifat, ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar qamrab olindi. Bu esa sohani xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvida muhim o‘rin tutadi.

"Scopus, Science Direkt ma’lumotlar bazasidagi jurnallardan foydalanish va maqolalar chop etish" mavzuida onlayn seminar
Anjumanda Scopus va Science Direkt bazalaridan qanday foydalanish, ushbu bazalarda indekslangan yuqori impakt-faktorga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qilindi. Seminarda ishtirokchilar tomonidan mavzuga doir savollar berildi. Ularga tegishli javoblar qaytarildi. Tavsiyalar ishlab chiqildi. Bildirilgan fikr,mulohazalar yakuniga ko‘ra shu kabi seminarlarni kelgusida ham tashkil etishga kelishib olindi.

image_pdfimage_print