SAYLOVOLDI TASHABBUSLAR

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Mamlakatimizda kutilayotgan saylov 22 dekabr — О‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni deb belgilangan. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida professor-о‘qituvchilar va talaba-yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish, huquqiy savodxonligini shakllantirish borasida saylovoldi tashabbuslar о‘tkazilmoqda. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i Sayfulla Ikromov boshchiligida institutning axborot resurs markazida uchrashuv tashkil etildi. Oldinda kutilayotgan saylov borasida ma’lumotlar keltirildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Shahzoda Qurbonova, о‘rinbosar Yulduz Oripova sо‘zga chiqib, yoshlarning saylov uchun tayyorgarliklarini kuchaytirish, bilim va kо‘nikmalarini oshirish haqida sо‘zladilar. Endilikda talabalar viloyatlarga va chekka qishloqlarga borib emas, balki vaqtinchalik rо‘yxatda turar joylari, poytaxtdagi manzillari bо‘yicha saylovga qatnashish imkoniyatlari yaratilmoqda. Mazkur sharoitlar yoshlarga anchagina qulayliklarni tug‘diradi. Tadbir mehmonlari aktyor va xonanda Mansur Mirzo, vakila Shahnoza Halimova ham yurtimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning adolatli tarzda amalga oshirilayotgani haqida ta’kidlab о‘tishdi.
Talaba-yoshlar о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Mana shunday saylovoldi muhim tadbirlar kо‘payishini sо‘rab qolamiz.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
matbuot xizmati

image_pdfimage_print