“RUHIYAT TASVIRLARI” “SIZNIKIMANMI?!”

"RUHIYAT TASVIRLARI" "SIZNIKIMANMI?!"

(Layli tilidan…)

Men bahorni sevdim, bahorni kutdim,
Qalbimga о‘sha Ishq sururi indi.
Qancha nafas oldim, bahorga yetdim,
Endi bilsam jonim kuznikimanmi?
Qadrim uchun kuydim, kimni men suydim,
Ortiqcha hislarim boshimni egdi.
Ostonamga mingta oshiqlar keldi,
Siz ayting, men jonim siznikimanmi?
О‘zga sayyoradasiz, osmonda toqsiz,
Inson yashab bо‘larmi, hissiz, ardoqsiz,
Dardlarim toshmoqda dilni azoblab,
Jim aytasiz “Men bitta shu qiznikimanmi?”
Olmalar yо‘limda, torim qо‘limda,
Olovli hislarim yotar dilimda.
Bir ma’yus shivir qotgan tilimda,
Olloh yaratgan ikki yuznikimanmi?
Qochdim, ortginamdan quvladi yoshlik,
Kimga bо‘ysunadi hadsiz beboshlik.
Meni qiynayverar og‘ir bu g‘ashlik,
Ruhda bо‘zlab yotgan sо‘znikimanmi?
Jim aytasiz “Men bitta shu qiznikimanmi?”
Yaproqlar tо‘kilgan kuznikimanmi?
Siz ayting, siz ayting, men, siznikimanmi???

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV

image_pdfimage_print