“Ruhiyat tasvirlari” “Ota-onam”

"Ruhiyat tasvirlari" "Ota-onam"
Fasli bahor keldi yana so’roqlab,
Yerda maysa unar, dillarda orzu.
Beshigim sog’inchi kelmoqda yo’qlab,
Ota-onam mehri mengadir ko’zgu.
Bilaman, siz meni doimo qumsab,
Sog’inch bog’larini yayov kezasiz
Quyosh o’rnin oyga berar chog’ida,
Suratimga boqib o’yga tolasiz.
Yiroqda qumsadim, topmadim zarra
Otamning beminnat mehr nigohin.
Tingladim ming bora go’zal kuylarni,
Yo’q ekan onamning so’zi ifori.
Parvozda bo’lsam gar, qanotim otam,
Men yerda bo’lsam ham, osmonim onam,
Sizlar bor kamim yo’q hatto shohlardan,
Siz sultonim otam, jannatim onam!

Muhayyo SULAYMONOVA
“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish
va boshqarish” ta’lim yo’nalishi
1-kurs talabasi

image_pdfimage_print