“RUHIYAT TASVIRLARI” “O’ZBEKISTONSAN!”

"RUHIYAT TASVIRLARI" "O'ZBEKISTONSAN!"

Necha yillar qaddi dol elim,
Orzularga kо‘mding kuzingni.
Bugun borsan, ey ona tilim,
Dunyolarga aytding sо‘zingni!
G‘ururimsan qonimda Vatan,
Tuprog‘ingga kaftim tutarman.
Sevging bilan yashar butun tan,
Seni о‘ylab baxtli о‘tarman!
Oro yashnar bag‘ringda gullar,
Sabolarda shivirlar shahding.
Maqsadlarga tо‘lganda yо‘llar,
Osmonga teng, eng buyuk ahding!
Samarqandga borsam agar,
Ulug‘bekni bilib qaytaman.
О‘sha baland Rasadxonani,
Yulduzlarni kо‘rib qaytaman.
Ibn Sino yozgan kitoblar,
Shifo bо‘ldi ohi-dardlarga.
Temurda bor metin shitoblar,
Bayrog‘ingni berding mardlarga!
Navoiyning “Xamsa”si meros,
Bobur bitgan g‘azallar buyuk.
Avlod kelsin bobolarga xos,
Har bir gо‘dak joningdek suyuk!
Vatan senda tole va qalqon,
Nafas kabi kо‘ksingda faxr.
Yana yuksal, yashna har zamon,
Kulib boqsin doim shu taqdir.
Ajdodlarning ruhi madadkor,
Osoyishta jonimga jonsan.
Izhorlarim aytayin takror,
Sen yagona О‘zbekistonsan!
Sen tengi yо‘q О‘zbekistonsan!!!

Dostonbek RAHMATULLAYEV

image_pdfimage_print