“Ruhiyat tasvirlari” “Mening Vatanim”

"Ruhiyat tasvirlari" "Mening Vatanim"
Qalbim uzra qad kо‘targan eng nurli,
Yorug‘ yо‘lga chorlagan Mehristonim.
Ne topmoq istasam umrga arzirli
Bu mening Vatanim, О‘zbekistonim.

Tog‘lar bilan tenglashadi kuzda ekkani,
Faqat yaxshilik О‘zbekning yiqqani.
Tuzin yegan tashlab kelar Makkani,
Bu mening Vatanim, О‘zbekistonim.

Bir tuproq-ki, onamdayin xokisor,
Ildizim tubida, boshimda baxt bor.
Kо‘kragimni kerib aytaman takror,
Bu mening Vatanim, О‘zbekistonim.

Egnida kamalak atlas kо‘rdingmi?
Hayratingda lolu, xayol surdingmi?
Tо‘ylarida shoxi adras kiydingmi?
Bu mening Vatanim,О‘zbekistonim.

Qolsangiz gar mehmoniga aylanib,
Piyolada choy izzatda mavjlanib.
Shoshmaqomi, segohida shaylanib
Bu mening Vatanim, О‘zbekistonim.

Tongida joynamoz quchib duosi,
Dunyoga ziynatlab О‘zbek hayosi.
Sumalak qaynatar, qaynab momosi,
Bu mening Vatanim, О‘zbekistonim.

О‘zbekning yuragi о‘xshar quyoshga,
Gul undiradi sahrodagi toshga.
Egilmasa aslo mehnat, kurashda
Bu mening Vatanim, О‘zbekistonim.

Qashqadaryo qadri, faxri kо‘pkari
О‘g‘il kо‘rsa, eldan qarzi kо‘pkari.
Ot minib ulg‘ayar о‘g‘lining bari,
Bu mening Vatanim, О‘zbekistonim.

Bu elning hatto dehqoni donishmand,
Qalblarga ezgulikni qilar payvand.
Dunyoga berdi ming fozil farzand,
Bu mening Vatanim,О‘zbekistonim.

Jonimga jondir onamdek mehribon,
Kiprigi soyadir, izlasam imkon.
Dildan Sanobari sog‘insa har on,
Bu mening Vatanim, О‘zbekistonim.

Mehridan nur olar qalbim qarog‘i,
Dunyoda о‘chmasin О‘zbek chirog‘i.
Sharqning kо‘ksida gullab tursin bog‘i
Bu mening Vatanim, О‘zbekistonim.

Sanobar QULMIRZAYEVA
“Kino tanqidi va tahlili” ta’lim yo’nalishi
2-kurs talabasi

image_pdfimage_print