“RUHIYAT TASVIRLARI” “KO’NGIL” QATRASI

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Hamma insonda yurak bor. Yurakni biz ko’pincha qalb yokida ko’ngil deb ataymiz. Odam organizmida ko’ngil degan a’zo yo’q.
Ko’ngil u nima?
Ko’ngil – bu hislar ummoni. Uning hajmi, vazni, katta-kichikligi bo’lmaydi. Na ushlab bo’ladi, na ko’rib. Ko’ngilning ozuqasi e’tibor, mehr va shirin so’z. Har kim ko’ngilni bir nimaga qiyoslaydi, go’zal tasvirini chizadi. Men esa ko’ngilni katta uyga qiyoslayman. Xona eshiklari har-xil his tuyg’ular tomon boshlaydi. Odamlar muomalasi, e’tibori, mehri va shirin so’ziga qarab ko’ngil eshiklari ochiladi.
Ko’ngil barcha tirik mavjudodlarda bor. Hayvonlarda, qushlarda, o’simliklarda, daraxt-u gullarda. Ularni qanchalik yaxshi ko’rib parvarish qilsangiz, mehr bersangiz, hayotga shu qadar tashnaligi ortadi, mehr suratini chizadi. Qaddi baland qadrliligim ko’nglimiz eshiklari doimo sof his-tuyg’ulardan iborat bo’lsin. Unutmang, ko’ngilning ozuqasi e’tibor, mehr va shirin so’zdir.

 

Saidahmedova Dilafruz
“Folklor va etnografiya” ta’lim yo’nalishi
2-kurs talabasi

image_pdfimage_print