Rektor va yetakchilar uchrashuvi

Rektor va yetakchilar uchrashuvi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev institutning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining eng faol va tashabbuskor yetakchilari bilan uchrashdi.
Rektor va yetakchilar uchrashuvi
Asosiy maqsad, yangi о‘quv yilida talaba yoshlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, ular safini yanada kengaytirish, talabalarga sifatli ta’lim berish, ma’naviyatini yuksaltirish va bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bо‘yicha rejalar ishlab chiqish.
Rektor va yetakchilar uchrashuvi
Shuningdek, uchrashuvda yetakchilarga qо‘shimcha vakolatlar berish masalalari ham kо‘rib chiqildi.
Rektor va yetakchilar uchrashuvi
Yoshlar yetakchilarining har birini funksiyasi va vazifalari haqida ma’lumotlar berildi. Institutda tahsil olayotgan о‘g‘il-qizlarni respublika va xalqaro tanlovlarga tayyorlash, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga kо‘maklashish borasida fikrlar bildirildi. Institutimizda talabalar, jumladan, TTJ da istiqomat qilayotganlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Rektor va yetakchilar uchrashuvi
Uchrashuvda institut rektori barcha yetakchilarni mamlakatimizda kechayotgan islohotlarga kamarbasta bо‘lishga chaqirdi.
Rektor va yetakchilar uchrashuvi
Shuningdek, yig‘ilishda institutimizdan “Ish va sayohat” dasturi asosida Germaniya safarida bо‘lib qaytgan talabalar о‘z taassurotlari bilan о‘rtoqlashdi.
Rektor va yetakchilar uchrashuvi
Uchrashuvda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev Yoshlar ittifoqi kengashi qoshida tashkil etilgan “Navo” ansambliga tashakkurnomani topshirdi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print