REKTOR IQTIDORLI TALABALARNI QO’LLAB QUVVATLAYDI!

🌟O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari diqqatiga!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 502-son qaroriga muvofiq “Toshkent shahridagi adiblar xiyobonidan samarali foydalanish va ta’lim muassasalarida adiblar ijodini o’rganish bo’yicha CHORA-TADBIRLAR REJASI” ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf she’rlari bilan aytiladigan qo’shiqlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda 3 ta nominatsiya bo’yicha bir nafardan g’olib aniqlanadi:

🌟Eng yaxshi ijro;
🌟Eng yaxshi bastalangan musiqa;
🌟Eng yaxshi Cover;

Tanlovda taqdim etiladigan ishlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

⭐️Eng yaxshi ijro -Muhammad Yusuf she’ri bilan ijro etilgan istalgan ashulani mukammal ijro etish;

⭐️Eng yaxshi bastalangan musiqa bo’yicha ishtirokchilar Muhammad Yusuf she’rlaridan istalganini tanlab o’zbek milliy musiqa yo’nalishlarida kuy bastalashlari kerak;

⭐️Eng yaxshi Cover bo’yicha ishtirokchilar Muhammad Yusuf she’ri bilan ijro etilgan istalgan ashulani yangicha Cover tarzida ijro etishlari kerak.

📢🥇TANLOV ISHTIROKCHILARI HAKAMLAR HAY’ATINING HAR BIR A’ZOSI TOMONIDAN ALOHIDA TARZDA BAHOLANADI.
📢🥇IJRONING DARAJASIGA QARAB ISHTIROKCHILAR ORASIDAN HAKAMLAR HAY’ATI QARORIGA ASOSAN HAR BIR NOMINATSIYA BO’YICHA TANLOVNING SOVRINDORLARI BELGILANADI.
📢🥇TANLOVNING YAKUNIY NATIJALARI HAKAMLAR HAY’ATINING QARORI BILAN RASMIYLASHTIRILADI.
🏆TANLOV G’OLIBLARI O’ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTINING DIPLOM VA QIMMATBAHO SOVGALARI BILAN TAQDIRLANADILAR HAMDA O’ZBEKISTON TELERADIOKOMPANIYASI DASTURLARIDA TASHKIL ETILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN O’ZBEKISTON XALQ SHOIRI MUHAMMAD YUSUF XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN ADABIY-BADIIY KECHALARDA O’Z QO’SHIQLARI BILAN ISHTIROK ETADILAR.

Ijodiy ishlarni video shaklida @Asliddin_yusupovv ga yuboring!!!
Videolar 17 dekabr 15:00 ga qadar qabul qilinadi va O’QUV TEATRI BINOSIDA ko’rib chiqiladi, ishtirokchilar 14:30 da o’quv teatriga kelishlari kerak.

📢SHOSHILING TANLOVDA G’OLIB BO’LISH IMKONIYATINI QO’LDAN BOY BERMANG.

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print