“Qora quyosh” spektakli namoyishi

“Qora quyosh” spektakli namoyishi
26-aprelda kunning ikkinchi yarmida О‘zbekiston davlat san’at va instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev tashabbusi bilan Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dramatik dostoni asosida О‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo hamda Shavkat Dо‘stmuhammadlar inssenirovka muallifligida tayyorlangan “Qora quyosh” spektakli namoyish etildi.
“Qora quyosh” spektakli namoyishi
Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligiga bag‘ishlangan, Teatr san’ati fakulteti “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” hamda “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedralarining ijodiy hamkorligida sahnalashtirilgan ushbu yangi spektakl ilk marotoba namoyish etildi.
“Qora quyosh” spektakli namoyishi
Barcha rollar institut talabalari va о‘qituvchilari tomonidan ijro etilgan ushbu spektaklda qatag‘on qurbonlari obrazlari orqali buyuk ajdodlarimizga kо‘satilgan zug‘um, nohaqliklar, tahqirlashlar yorqin kо‘rinishlarda о‘z ifodasini topgan.
“Qora quyosh” spektakli namoyishi
Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir singari yurt о‘g‘lonlarining ichki kechinmalari ochib berilgan. XX-asrning mudhish voqealarini о‘zida mujassam etgan sahna asari bugungi yosh avlodni ozodlik, erk, mustaqillikning qadriga yetishga undaydi.
“Qora quyosh” spektakli namoyishi
Bugungi farovon kunga yetish uchun bobolarimizning chekkan cheksiz zahmatlaridan tomoshabinlarni boxabar qiladi. Muqimiy nomidagi О‘zbek davlat musiqali drama teatri rejissyori Doston Xudoyberdiyev tomonidan sahnalashtirilgan, sahnalar Muqimiy nomidagi О‘zbek davlat musiqali drama teatri rassomi Mirjalol Xoliqov tomonidan bezatilgan, bosh rollarni institut talabalari ijro etgan asarda inson ruhiyati ostidagi oqimni sahna kо‘rinishlari orqali ochib berishga harakat qilingan va bunga erishilgan ham.
“Qora quyosh” spektakli namoyishi
Muhammad Yusuf yaratgan sherlar qо‘shiqlarga aylanib, yozgan dostonlari asosida spektakllar yaratilib xalqimizga ma’naviy oziqa berish, kishilarni о‘tmishga teran kо‘z bilan qarashga undamoqda.
Zero, Muhammad Yusuf e’tirof etganidek, “Bu yorug‘ dunyoda о‘chmas chirog‘im”.
“Qora quyosh” spektakli namoyishi
Spektakl premerasi yakunida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshev asarni yaratishda ishtirok etgan barchaga о‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print