“Qodiriyni о‘qib…”

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Adabiyot millatni yuksaltiradi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari Jahongir Mamatqosimov, Dilrabo Jumanova, Dildora Umarova tashabbusi bilan taniqli о‘zbek adibi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan “Qodiriyni о‘qib…” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bо‘lib о‘tdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Abdulla Qodiriy uy muzeyida bо‘lib о‘tgan tadbirda О‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov “Qodiriy menman” qо‘shig‘ini jonli kuyladi. Talabalar Dilmurod Xudoyberdiyev, Mohinur Karimberdiyeva she’riy kompozitsiyalarni ijro etishdi. Tadbirning eng unutilmas lahzalarida О‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva, “Shuhrat” medali sohibasi Dilnoza Kubayeva mahorat darslarini о‘tishdi.
Tavallud kechasida Abdulla Qodiriy nabiralarining dil izhorlari ham yangradi. Barcha mehmonlar va talabalar olqishlar, guldastalar bilan ustozlar va san’atkorlarni qutlashdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
“Qodiriyni о‘qib…” nomli badiiy kecha yana bardavom bо‘ladi. Zero, о‘zbek mumtoz adabiyotining baquvvat ustunlaridan biri bо‘lmish Abdull Qodiriyning ijodi kо‘ngillarda mangu yashaydi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print