“Qalbimizda yashar siymolar”

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

14 fevral shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Qalbimizda yashar siymolar” nomli adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy kecha bо‘lib о‘tdi. О‘zbek mumtoz adabiyotining dilbar vakili Bobur Mirzoning ulug‘ siymosi, betakror asarlari sahnada jonlandi.
Institut rektori, professsor Ibrohim Yuldashev hamda mehmon san’atkor, О‘zbekiston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti laureati Muhammadali Abduqunduzov buyuk bobomizning gо‘zal ijodi borasida sо‘zladilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Konsert dasturida О‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev, О‘zbekiston xalq hofizlari Orolmirzo Safarov, Mashrab Ermatov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev, talabalar Muslima Aliyeva, Doniyor Xabibullayev jonli ijrolarni taqdim etishdi.

“Qalbimizda yashar siymolar”
Kechada Bobur Mirzoning gо‘zal ruboiylari iqtidorli talabalar tomonidan aytildi.
“Qalbimizda yashar siymolar” badiiy kechasining ijodiy jamoasi Isoqtoy Jumanov, Ernazar Yorbekov, Sayfulla Ikromov, Sherzod Muhammadiyev, Gо‘zal Rashidova, Umarshoh Saydaliyev, Shohsanam Abdujamalova bо‘lib, tadbirni unutilmas bayram kechasiga aylantirishda faol ishtirok etishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Buyuk sarkarda, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi barchamizga muborak bо‘lsin!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print