QADRLAGAN QADR TOPADI

QADRLAGAN QADR TOPADI

Bugun tinch va osoyishta kunlar uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan, elu yurt tinchligi va ravnaqi yо‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan.
9 may yurtimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida mana bir necha yillardan buyon keng nishonlab kelinadi. Ulug‘ bayram arafasida nafaqat ikkinchi jahon urushi qatnashchilari balki yurtimizdagi barcha yoshi ulug‘ keksa insonlar – otaxon va onaxonlarimiz yanada e’zoz topadi, ularning hol-ahvolidan xabar olinadi.

QADRLAGAN QADR TOPADI
Mamlakatimiz bо‘ylab Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanayotgan bir paytda, kuni kecha О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham bayram munosabati bilan yoshi ulug‘ nuroniylarimiz, bir necha yillar avval shu oliy ta’lim dargohida faoliyat yuritgan bugun esa qarilik gashtini surayotgan keksa pedagoglar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

QADRLAGAN QADR TOPADI
Uchrashuv keksalarimiz uchun chin ma’noda diydor lahzasi va quvonchli onlarga boy bо‘ldi desak xato bо‘lmaydi. Buni ularning bir-birlariga boqib turgan quvonchli kо‘zlari, tabassumga tо‘la lablaridan va о‘zaro shirin suhbatlaridan ham bilib olish mumkin.

QADRLAGAN QADR TOPADI

QADRLAGAN QADR TOPADI

QADRLAGAN QADR TOPADI
Tadbirni institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev о‘zining nuroniylarimizni e’tirof etgan samimiy sо‘zlari bilan ochib berdi.
– О‘zbekistonda Xotira va qadrlash kunining nishonlanayotgani zamirida juda katta ma’no-mazmun bor, – dedi institut rahbari. – Darhaqiqat, xotira bugungi avlodni tinchlikni qadrlashga о‘rgatadi. Ularda keksalarga hurmat, vatanidan faxrlarini hislarini tarbiyalaydi. Ikkinchi jahon urushi butun insoniyat hoyotida chuqur og‘riqli iz qoldirgani bor gap. Ana shunday damlardan mardonavor о‘tgan, о‘z matonati va shijoati bilan vatan, oilasi oldidagi burchini sharaf bilan ado etgan insonlar hayoti biz uchun о‘rnak bо‘lmog‘i lozim.

QADRLAGAN QADR TOPADI

QADRLAGAN QADR TOPADI

QADRLAGAN QADR TOPADI
Tadbir davomida qariyalarimiz dasturxoniga milliy taomimiz, tо‘kinlik ramzi bо‘lgan osh tortildi. Undan sо‘ng tashkillashtirilgan bayramona dastur esa barchaning kо‘ngliga manzur bо‘ldi.

QADRLAGAN QADR TOPADI

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print