Professor-o’qituvchilarimizning faolligi

Professor-o'qituvchilarimizning faolligi

О‘zDSMI PROFESSOR-О‘QITUVCHILARINING FAOLLIGI

Sihat-salomatlik dunyodagi eng katta boylik, insonning har taraflama sog‘lom bо‘lishida, uning harakatchanligi va chiniqqonligi muhim о‘rin tutadi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida shu yili 4 sentabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor bо‘lib о‘tdi. Shu jumladan, oliy ta’lim muassasalari va sport maktablari о‘rtasida hamkorlikni ta’minlash, yoshlarni har tomonlama sog‘lom etib tarbiyalash vazifalari ustuvor etib qо‘yildi. Bularning barchasi jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kompleks chora-tadbirlari qatoriga kiradi.
Professor-o'qituvchilarimizning faolligi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi ham dam olish kuni Toshkent shahrida joylashgan О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘iga tashrif buyurishdi. Erta tongdan barcha professor-о‘qituvchilar jismoniy tarbiya mashqlarini a’lo kayfiyatda bajarishdi. Turli musobaqalar, amaliy о‘yinlar, estаfetalar tashkil etildi. Yugurish borasida erkaklar va ayollar musobaqalari о‘tkazildi.

Professor-o'qituvchilarimizning faolligi
Institut Yoshlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i Zulxumor Narqо‘ziyeva boshchiligida televideniye xodimlari ham taklif etildi. Tasvirga olish ishlari boshlanib, jamoaning jismoniy salohiyati kadrlarga muhrlandi va Yoshlar teleradiokanali “Yangi kun” teledasturida efirga uzatildi.

Professor-o'qituvchilarimizning faolligi
Barcha professor-о‘qituvchilar a’lo kayfiyatda yorqin xotiralar bilan sо‘lim Botanika bog‘ini aylanishdi. Turli dorivor giyohlar, manzarali daraxtlar, shifobaxsh о‘tlar, xalqaro mintaqada noyob sanalgan о‘simliklar borasida qiziqarli ma’lumotlarga ega bо‘lishdi. Kelgusi rejalarda talabalarni ham olib kelish kо‘zda tutildi.
Bir kunlik taassurotlar barchaga yoqimli va maroqli hordiq ulashgani sir emas. Mana shunday tashabbuslar kasbiy faoliyatning yanada ijobiy tarafga о‘sishida zarur kо‘mak beradi. Barchaga omadlar tilaymiz!

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print