PEKINDA О‘ZBEK MILLIY RAQSIGA QIZIQUVCHILAR KО‘PAYMOQDA

PEKINDA О‘ZBEK MILLIY RAQSIGA QIZIQUVCHILAR KО‘PAYMOQDA

Pekin Raqs Akademiyasi taklifiga kо‘ra, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti katta о‘qituvchisi, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Narziddin Shermatov hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi ilmiy xodimlaridan iborat bir guruh san’at va madaniyat ustalari Xitoy xalq respublikasiga yuborilgan edi.

Tashrif doirasida, 21 maydan 7 iyunga qadar davom etagan 18 kunlik safar davomida Narziddin Shermatov va Xitoylik talabalar о‘rtasida о‘zbek milliy raqs san’ati, uning tarixi va kelajagi mavzusida mahorat darslari tashkil etildi. Amalaiy mashg‘ulotlar davomida esa talaba-yoshlar о‘z iqtidorlarini о‘zbek milliy raqsida ham sinab kо‘rishdi.
Xitoy safari natijasi о‘laroq, yaqin kelajakda О‘zbekiston san’at oliygohlari hamda Pekin Raqs Akademiyasi о‘rtasida о‘quv, ilmiy va ijodiy ishlar masalasida Mahorat darslarini tashkil etish, aloqalarni yanada mustahkamlash va tajriba almashish maqsadida Onlayn mashg‘ulotlar о‘tkazishga kelishib olindi.
Kelgusida о‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash rejalashtirilgan.

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print