Onlayn diplom himoyalari bо‘lib о‘tmoqda

Onlayn diplom  himoyalari bо‘lib о‘tmoqda

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Teatr san’ati fakulteti “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi bitiruvchi talabalarining yakuniy davlat attestatsiyasi sinovining bitiruv malakaviy ishi himoyasi ZOOM dasturi orqali onlayn tarzda о‘tkazilyapti.
Onlayn diplom  himoyalari bо‘lib о‘tmoqda
12 iyun kuni ham 18 nafar bitiruvchining nazariy bilim hamda ijodiy ishlari О‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Tolib Mо‘minov, iste’dodli aktyor Rasulxon Qodirxonovlar ishtirokidagi komissiya a’zolari tomonidan baholab borildi. Barcha jarayonlar ijodiy xususiyatlardan kelib chiqilgani holda masofaviy tarzda о‘tkazildi. Disklarga yozib olingan spektakllar komissiya a’zolari tomonidan kо‘rildi va talabalar diplom himoyasi sifatida imtihon savollariga javoblar qaytarishdi.

Onlayn diplom  himoyalari bо‘lib о‘tmoqda

Onlayn diplom  himoyalari bо‘lib о‘tmoqda

image_pdfimage_print