ONA TILIM O'ZING QALBIMDA!

ONA TILIM O’ZING QALBIMDA!

Mangulikka muhrlangan о‘zbek adabiyotining boqiy sadolari asrlar qa’ridan nur taratib turadi. Bugun 21 oktabr О‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 30 yil tо‘lishi munosabati bilan gо‘zal Toshkent shahrida qad kо‘targan Adiblar xiyobonida о‘zbek adiblari poyiga gulchambar qо‘yish marosimi bо‘lib о‘tdi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev boshchiligida jamoa hamda iste’dodli talaba-yoshlar mazkur tadbirda faol ishtirok etishdi.


G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy poyiga gulchambar qо‘yganlar qalbida yuksak faxr, ulug‘ vatanparvarlik, behisob shukronalik hislari aks etdi.


Barcha adiblar poyi mana shunday gullar bilan tо‘ldi.

Institut Axborot xizmati