Oliy ta’lim muassasalari va mahalla hamkorligi

Oliy ta’lim muassasalari va mahalla hamkorligi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Xalq ijodiyoti fakulteti “Pedagogika va psixologiya”, “Sahna nutqi” kafedralari pedagogik jamoasi 11may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Bog‘i-maydon” mahallasida Oliy ta’lim muassasalari mahalla fuqarolari faollari va umumta’lim maktablari о‘quvchilari, ya’ni mahallada istiqomat qiluvchi barcha о‘smir-yoshlarning bо‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlarini ta’minlash, hamkorlikda faoliyat olib borish rejalarini tuzish va uni tezkorlik bilan amalda bajarish kabi masalalar yuzasidan о‘zaro kelishuv majlisini о‘tkazdilar.
Oliy ta’lim muassasalari va mahalla hamkorligi
Endilikda institutning mahallaga tayinlangan pedagogik jamoasi a’zolari ushbu mahallada ijodiy tо‘garak ishlarini yо‘lga qо‘yadilar.
Shuningdek, bugun 12 may kuni “Folklor va etnografiya” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tomonidan ham poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani Yalang‘och dahasidagi “Navnihol” mahallasi faollari bilan ijodiy hamkorlikka bag‘ishlangan uchrashuv о‘tkazildi.Unda yoshlarning bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazish, ularning bandligini ta’minlash borasida fikrlashib olindi.
Oliy ta’lim muassasalari va mahalla hamkorligi
Bо‘lib о‘tgan muloqotlar chog‘ida Mahalla fuqorolar yig‘ini raisi Erkin Ibraginov bugungi kunda “Yoshlar temir daftari” ga kiritilgan 11 nafar yoshlarning barchasi ish bilan ta’minlanganligini aytib о‘tdi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print