Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish о‘rtasida innovatsion hamkorlik shartnomasi imzolandi

Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish о‘rtasida innovatsion hamkorlik shartnomasi imzolandi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Samarqand rus drama teatri о‘rtasida oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish о‘rtasida innovatsion hamkorlik shartnomasi tuzildi. “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi mudiri, professor Temur Rashidov boshchiligida о‘zaro kelishuvlar imzolandi. Endilikda innovatsion shartnoma maqsadidan kelib chiqib, ilmiy tadqiqot ishlarini tizimli yо‘lga qо‘yish, maqsadli kadrlar tayyorlash, ijodiy aloqalar, innovatsion loyihalar tuzish, dasturlar yaratish, nazariya va amaliyot о‘rtasidagi integratsiya jarayonini takomillashtirish, talabalarning ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini sifatli tashkil etish yо‘lga qо‘yiladi. Shu bilan birga, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida sahnalashtirilgan spektakllar о‘zaro shartnoma doirasida Samarqand rus drama teatrida ham namoyish etiladi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Mazkur hodisa oliy ta’lim tizimida yaratilayotgan milliy kadrlarimiz salohiyatini yanada oshirib, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengroq baholashga yordam beradi. Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish о‘rtasida innovatsion hamkorlik shartnomasining kelgusidagi eng muhim vazifasi ham oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan ilmli, iste’dodli va mahoratli talabalarni qо‘llab-quvvatlash, moddiy-ma’naviy rag‘batlantirishdan iborat. Mazkur qadam bevosita professor-о‘qituvchilar mehnatini ham yuzaga chiqaradi.

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot kotibi

image_pdfimage_print