O‘zekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektorining institut jamoasiga Qurbon hayiti munosabati bilan tabrigi

O‘zekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektorining institut jamoasiga Qurbon hayiti munosabati bilan tabrigi

Hurmatli institutimiz jamoasi!
Sizlarni muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Istitutimiz jamoasiga ezgu tilaklarimni bildirishdan mamnunman.
Ushbu qutlug‘ ayyomning maʼnaviy hayotimizda olijanob fazilatlar, bag‘rikenglik, muruvvat va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarimizni mustahkamlashdagi ahamiyatini hech bir narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Qurbon hayitiga barchamizni sog‘ va omon yetkazgani, yurtimizdagi tinchlik, osmonimizning musaffoligi uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz.
Bugungi pandemiya sharoitida butun dunyoni tahlikaga solayotgan SOVID-19 ga qarshi kurashishda barchangizni hamjihatlikka chaqiraman. Yurtimizda joriy etilgan karantin qoidalariga qatʼiy rioya etishingizni so‘rayman.
Xalqimiz boshiga tushgan shunday sinovli kunlarda ham institutimiz ahil jamosining tinimsiz mehnati, izlanishlari natijasida ulkan muvаffaqiyatlarga erishyapmiz. O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining ilmiy salohiyati bugungi kunga kelib 60 foizdan oshdi. Darsliklar taʼminoti borasida ham shunday muvаffaqiyatlarni ko‘rish mumkin. Institutimiz professor-o‘qituvchilarining zahmatli mehnati evaziga ayni paytda darsliklar bilan taʼminlashdagi ko‘rsatkich yuqori darajalarni tashkil etmoqda. Taʼlim tizimidagi islohotlar natijasida talabalarimizning bilim saviyasi, maʼnaviy dunyoqarashi, ijodiy salohiyatlari tobora yuksalib bormoqda. Buni xalqaro tanlovlar, respublikamizda o‘tkazilayotgan turli festivallar, dunyo miqyosida tashkil etilgan forumlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Birgina joriy yilning o‘tgan davrida institutimizning 10 dan ortiq professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalari ana shunday nufuzli tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Albatta, biz jamoamizning ana shunday fidoyi insonlari bilan faxrlanamiz.
Ushbu ulug‘ ayyom kunlarida barchangizni va siz orqali oila aʼzolaringiz, yaqinlaringizni muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor qutlayman.
Barchamizning xonadonlarimizga fayzu baraka va osoyishtalik, sog‘lik doimo hamroh bo‘lsin!

Ibrohim Yo‘ldoshev
O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori

image_pdfimage_print