O’zDSMIning mahalla bilan hamkorligi

O'zDSMIning mahalla bilan hamkorligi

“Oliy ta’lim muassasalarining mahalla fuqarolar yig‘inlari va umumta’lim maktablari bilan о‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash hamda yoshlarning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi professor-о‘qituvchilari hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Yalang‘och dahasidagi “Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlik yо‘lga qо‘yilgan”, – deydi biz bilan suhbatda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Odil Usmonov.
O'zDSMIning mahalla bilan hamkorligi
– “Mazkur ijodiy hamkorlik doirasida mahallamiz yoshlari uchun matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti fanlari, kompyuter savodxonligi bо‘yicha tugaraklar tashkil etilgan. Unda о‘g‘il-qizlar uchun ularni qiziqtirgan fanlardan mashg‘ulotlar olib boriladi, yoshlar bilimlarini mustahkamlab borishlari mumkin.
O'zDSMIning mahalla bilan hamkorligi
Bundan tashqari institut bilan yо‘lga qо‘yilgan hamkorlik doirasida mahallamiz yoshlari uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni о‘tkazish ham rejalashtirilgan”. Ana shunday hamkorlik doirasida bugun “Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan bir guruh uyushmagan yoshlar О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurishdi.
O'zDSMIning mahalla bilan hamkorligi
Bu yerda yosh sportchilar 5 tashabbus doirasida Mirza Ulug‘bek tumani hokimi kubogi uchun mini futbol bо‘yicha о‘tkaziladigan musobaqaga tayyorgarlik kо‘rishdi. Bо‘lib о‘tgan mashg‘ulotlarda о‘zlarining imkoniyatlarini yana bir bora namoyon etishdi.
O'zDSMIning mahalla bilan hamkorligi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan “Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘ini о‘rtasidagi shu kabi hamkorlik aloqalari doimiy ravishda olib boriladi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print