O’zDSMIga Qozog‘iston milliy san’at universiteti delegatsiyasi tashrifi

O'zDSMIga Qozog‘iston milliy san’at universiteti  delegatsiyasi tashrifi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Qozog‘iston milliy san’at universiteti “Kino va televideniye rejissyorligi” kafedrasi mudiri Erlan Nurmuxambetov boshchiligidagi delegatsiya tashrif  buyurdi.
O'zDSMIga Qozog‘iston milliy san’at universiteti  delegatsiyasi tashrifi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘doshev qozog‘istonlik mehmonlarga ushbu oliy о‘quv yurtidagi ta’lim yо‘nalishlari, bu yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unligi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
O'zDSMIga Qozog‘iston milliy san’at universiteti  delegatsiyasi tashrifi
О‘z navbatida Erlan Nurmuxambetov ayni paytda Qozog‘iston milliy san’at universitetining 10 yilligini nishonlash borasida olib borilayotgan tayorgarlik ishlari, о‘zi faoliyat yuritayotgan oliy о‘quv yurtida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusi rejalar haqida qisqacha sо‘zlab berdi. Ochiq muloqot asnosida о‘tgan uchrashuvda institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev tadbir bо‘lib о‘tayotgan О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomi bilan ataluvchi kо‘shk, shoir hayoti va ijodi, talabalarga Muhammad Yusuf qoldirgan boy ma’naviy merosni yetkazish borasida institutda amalga oshirilgan ishlar borasida aytib о‘tdi. Qozog‘istonlik mehmon institutdagi ta’lim jarayonlarida olib borilayotgan ishlar, bu yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi. Ayniqsa, Erlan Nurmuxambetovda hudud florasi, institutdagi kо‘kalamzorlashtirish ishlari katta taassurot qoldirdi.
O'zDSMIga Qozog‘iston milliy san’at universiteti  delegatsiyasi tashrifi
Tashrif doirasida qozog‘istonlik mehmonlar institutdagi suv havzasi, talabalarga mashg‘ulotlar о‘tkaziladigan sharoitlar bilan tanishdi.
O'zDSMIga Qozog‘iston milliy san’at universiteti  delegatsiyasi tashrifi
“Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasiga qarashli О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, oliy toifali kinooperator Hotam Fayziyev nomidagi ijodiy ustaxonada talabalar kо‘proq animatsiya bо‘yicha shug‘ullanadi, maxsus dekoratsiyalar qurishadi,kompyuterda maxsus va murakkab tasvirga olish ishlarini urganishadi.Ushbu о‘quv kinostudiyasida talabalar shuningdek, maxsus grafika dasturlari orqali bilim olishadi.
O'zDSMIga Qozog‘iston milliy san’at universiteti  delegatsiyasi tashrifi
Kinorejissyor, ssenarist,kinooperator,fotograf Xudoybergan Devonov nomidagi ijodiy ustaxonada esa konoteleoperatorlar 1-2-bosqichda kinooperatorlik sohasi bо‘yicha chuqurroq bilimga ega bо‘lishadi, chiroq qо‘yish mahorati egallashadi, filmlar kо‘riladi,filmlarning kо‘rik jarayonlari о‘tkaziladi.
“Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasiga tashrifi davomida kafedra mudiri Iqbol Meliqо‘ziyev mehmonlarga ana shular haqida ma’lumotlar berdi.
O'zDSMIga Qozog‘iston milliy san’at universiteti  delegatsiyasi tashrifi
Qozog‘iston milliy san’at universiteti delegatsiyasining О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrifi yakunlariga kо‘ra, ikki oliy о‘quv yurti о‘rtasida talabalarning ijodiy ishlarini hamkorlikda amalga oshirish,о‘quv dasturlari, darslik, о‘quv qо‘llanmalarini hamkorlikda tayorlash singari qator masalalar bо‘yicha kelishib olindi.Mehmonlarga institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print