O’zDSMIga badiiy adabiyotlar topshirildi

O'zDSMIga badiiy adabiyotlar topshirildi
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev rahbarligida tadbir bо‘lib о‘tdi. Ma’naviy yetuklikning in’ikosi bо‘lgan ushbu tadbirda О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan mazkur oliy о‘quv yurtiga noyob badiiy adabiyotlar hadya etildi.
O'zDSMIga badiiy adabiyotlar topshirildi
О‘zaro hamkorlik doirasidagi mazkur badiiy adabiyotlarni taqdim etishdan maqsad yoshlarimizning kitobga bо‘lgan muhabbatini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish, badiiy tafakkurini yanada kengaytirish kabi ezgu maqsadlarni mujassam etgan.
O'zDSMIga badiiy adabiyotlar topshirildi
Ushbu xayrli ishda instituning Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti “San’atda animatsiya va multimediyaviy loyihalash” ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etilib kelinayotgan “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida chop etilgan “Kо‘nglimdagilar” nomli she’riy tо‘plami muallifi, shoir Niyatullo Elbek о‘g‘li tashabbus kо‘rsatdi.
O'zDSMIga badiiy adabiyotlar topshirildi
U Yozuvchilar uyushmasi bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirgan holda institut kutubxonasiga 100 dan ortiq nomdagi she’riy va nasriy asarlarni topshirdi. Ushbu kitoblar taqdimoti О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan yuqori saviyada о‘tkazildi.
O'zDSMIga badiiy adabiyotlar topshirildi
Tadbirda institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga mazkur sovg‘alar uchun о‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print