О‘zDSMIDA “ZARB-2019” RESPUBLIKA KО‘RIK-TANLOVI О‘TKAZILDI

О‘zDSMIDA “ZARB-2019”  RESPUBLIKA KО‘RIK-TANLOVI О‘TKAZILDI

“Doirachilar jamoat birlashmasi” raisi О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgant artist, О‘zDSMI Xalq ijodiyoti fakulteti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi Dilmurod Islomov tashabbusi bilan 1991 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba “Zarb” Respublika kо‘rik-tanlovi о‘tkazib kelinmoqda.

Kecha О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi va “Doirachilar jamoat birlashmasi” hamkorligida ananaviy tarzda о‘tkazilib kelinayotgan tanlovning navbatdagisiga start berildi.

О‘zDSMIDA “ZARB-2019”  RESPUBLIKA KО‘RIK-TANLOVI О‘TKAZILDI
Tanlovning hakamlar hay’ti raisligiga О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi mudiri, professor О‘rozali Toshmatov tayinlandi. Shuningdek hay’t a’zolari safida О‘zbekiston davlat filarmoniyasi “О‘zbekiston” ansambli sozandasi, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Hasan Azimov, Toshkent shahar 1-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Xolmurod Islomov, Jizzax san’at kolleji “An’anaviy ijrochilik” bо‘limi “Doira sinfi” о‘qituvchisi Bobur Baxodirov, Farg‘ona san’at kolleji “An’anaviy ijrochilik” “Doira sinfi” о‘qituvchisi Ziyodullo Xakimovlar ham ishtirokchilarni baholab borishdi.

О‘zDSMIDA “ZARB-2019”  RESPUBLIKA KО‘RIK-TANLOVI О‘TKAZILDI
Ushbu kо‘riklarda respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm, Navoiy, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpog‘iston Respublkasidan tashrif buyurgan jami 12 ta “Doirachilar ansambli” hamda 28 nafar yakka doira ijrochilari ishtirok etishdi. Ular orasida Oliy va о‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari, bolalar musiqa va san’at maktablari hamda Madaniyat markazlaridagi ijodiy tо‘garaklarda faoliyat olib borayotgan 16 yoshdan 40 yoshgacha bо‘lgan doirachilar о‘z mahoratlarini namoish etishdi.

О‘zDSMIDA “ZARB-2019”  RESPUBLIKA KО‘RIK-TANLOVI О‘TKAZILDI О‘zDSMIDA “ZARB-2019”  RESPUBLIKA KО‘RIK-TANLOVI О‘TKAZILDI О‘zDSMIDA “ZARB-2019”  RESPUBLIKA KО‘RIK-TANLOVI О‘TKAZILDI О‘zDSMIDA “ZARB-2019”  RESPUBLIKA KО‘RIK-TANLOVI О‘TKAZILDI
23 aprel kuni kо‘rik-tanlov ishtirokchilari о‘rtasida dastlabki qura tashlangan bо‘lsa, bugun tanlovning taqdirlash marosimi hamda yopilish konsert dasturi bо‘lib о‘tadi.

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print