О‘zDSMIda yig‘ilish bо‘lib о‘tdi

О‘zDSMIda yig‘ilish bо‘lib о‘tdi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yig‘ilish bо‘lib о‘tdi. Tanqidiy-tahliliy ruhda о‘tgan yig‘ilishni filologiya fanlari doktori, professor, institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev olib bordi.
E’tirof etildiki, barcha rahbarlar dunyo miqyosida bо‘layotgan ishlardan xabardor bо‘lishi va ulardan tegishli xulosa chiqarishlari lozim. Dars berish jarayonlari, talabalarning о‘quv mashg‘ulotlaridagi ishtiroki “Talim tо‘g‘risida”gi qonun asosida tashkil etilishi shart.
О‘zDSMIda yig‘ilish bо‘lib о‘tdi
Barcha institutning ichki tartib qoidalariga amal qilishi lozim. Buning uchun fakultetlar dekanlari, guruhlar rahbarlari mas’uldir. Kelgusi о‘quv yilidan boshlab о‘qituvchilarni ishga qabul qilish ularning joriy о‘quv yilida yig‘adigan reyting bali asosida amalga oshiriladi. Bunda о‘qituvchining ilmiy-innavatsion, ma’naviy-ma’rifiy, о‘quv jarayonlaridagi faoliyati asos qilib olinadi. Kelgusi yildan oliy ta’lim tо‘liq raqamli tizimga о‘tiladi. Shundan kelib chiqilgani holda, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
О‘zDSMIda yig‘ilish bо‘lib о‘tdi
Yig‘ilishda shuningdek, institutning kelgusi о‘quv yilidan kredit modul tizimiga о‘tishi, ilmiy salohiyatini yanada oshirish singari qator masalalar kо‘rib chiqildi. О‘quv jarayonida kо‘zga tashlanayotgan kamchiliklar tanqid qilindi va ularni bartarif etish bо‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, muddatlar belgilandi. Navbatdagi masala yoshlarni turli yot g‘oyalar domiga tushib qolmasligi uchun ularni milliy istiqlol g‘oyasi, vatanparvarlik ruhida kamol topishiga xizmat qiluvchi tugaraklar tashkil etishga e’tibor qaratildi.
О‘zDSMIda yig‘ilish bо‘lib о‘tdi
Shulardan kelib chiqilgani holda respublikamiz bо‘yicha kamida 18 turdagi tugaraklarni tashkil qilish vazifasi о‘rtaga tashlandi. Ishtirokchilar tomonidan uni amalga oshirish mexanizmi haqida fikrlar bildirildi. Ushbu oliy о‘quv yurtini bitirgan talabalar bandligi ta’minlash, ularni foydali mehnatga jalb etish bо‘yicha mas’ullarning axboroti tinglandi va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print