O’zDSMI katta o‘qituvchisi tomonidan O‘zDSMI Nukus filiali talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi

O'zDSMI katta o‘qituvchisi tomonidan O‘zDSMI Nukus filiali talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Folklor va etnografiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi Bibioysha Kudaybergenova tomonidan O‘zDSMI Nukus filiali talabalari uchun “Xalq ijodiyotining yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
O'zDSMI katta o‘qituvchisi tomonidan O‘zDSMI Nukus filiali talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Mahorat darsi davomida xalq donishmandligi va odobnomasi, xalqimizning asrlar davomida to‘plagan boy tajribalari, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy, ma’rifiy, estetik, ma’naviy hamda jismoniy yetuklik borasidagi qarashlari, tajriba-xulosalarini lo‘nda, ammo bag‘oyat teran, donishmandnamo tarzda ifodalashi kabi jihatlari haqida so‘zlab berdi.
O'zDSMI katta o‘qituvchisi tomonidan O‘zDSMI Nukus filiali talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Dono xalqimizning ta’lim-tarbiya, axloq, odob, inson qadriyatlari va uning ma’naviy ustuvorligi, iymon-e’tiqodi butunligi sohasidagi dunyoqarashi, amaliy faoliyati, usul-metodlari, an’analari tabarruk islomning odob-axloq, ilm-u fan, hozirgi zamon yosh avlod ta’lim-tarbiyasida tutgan o‘rni hamda ahamiyati haqida fikr yuritildi.
O'zDSMI katta o‘qituvchisi tomonidan O‘zDSMI Nukus filiali talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Shu bilan birga o‘zbek an’anaviy, ommaviy bayram-sayllari, rasm-rusmlari, odatlari va udumlarida aks etgan axloqiy qarashlar, ularning o‘ziga xos odobnomasi, ibratnomasi kabi bag‘oyat dolzarb masalalar tahliliga bag‘ishlandi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print