О‘ZBEKISTON-QOZOG‘ISTON: ASRIY MUSHTARAKLIK YANADA JONLANADI

О‘ZBEKISTON-QOZOG‘ISTON: ASRIY MUSHTARAKLIK YANADA JONLANADI

Kecha Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jо‘mart Tо‘qayev boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Delegatsi a’zolari orasida vazirlar, fan va ta’lim sohasi vakillarini, san’at hamda adabiyot tashkilotlari rahbarlarini kо‘rishimiz mumkin.

О‘ZBEKISTON-QOZOG‘ISTON: ASRIY MUSHTARAKLIK YANADA JONLANADI
Bugun T.K.Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy san’at akademiyasi rektori, filologiya fanlari doktori Asxat Mayemirov Respublikamizda о‘tkazilayotgan Qozog‘iston kunlari doirasida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga keldi.
Oliy ta’lim dargohi rahbari dastlab institut hududi, sport va о‘quv binolari bilan yaqindan tanishdi. Dars jarayonlari hamda talabalarning amaliyot mashg‘ulotlarini kuzatgan Asxat Mayemirov О‘zDSMIda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning idividual mahoratlarini alohida e’tirof etdi.

О‘ZBEKISTON-QOZOG‘ISTON: ASRIY MUSHTARAKLIK YANADA JONLANADI
– Avvalo shuni aytish lozimki, bunday katta hududda tashkil etilga san’at muassasasi menimcha О‘rta Osiyoda yagona bо‘lsa kerak, – dedi T.K.Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy san’at akademiyasi rektori. – Keng va professional tarzda qurilgan teatr binosi, zamonaviy sport maskanlari va eng muhimi ijodkor yoshlar uchun yaratilgan bunday qulayliklarga ochig‘i, havasim keldi. Bildimki, О‘zbekiston san’at va madaniyat namoyondalarining butun dunyoga mashhurligi va ularning bugungi yutuqlari bejiz emas ekan.

О‘ZBEKISTON-QOZOG‘ISTON: ASRIY MUSHTARAKLIK YANADA JONLANADI
Shuningdek tashrif davomida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yuldashev hamda Asxat Mayemirov tomonidan о‘zaro kelishuv shartnomasi ham imzolandi. Unga kо‘ra har ikkala ta’lim dargohida kelajakda qо‘shma kafedralar tashkil etish, kadrlar almashinuvi hamda talabalarning ikki tomonlama о‘qitish tizimini tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Qozog‘iston delegatsiyasining О‘zbekistonga tashrifi davom etadi.

О‘zDSMI Axborot xizmat

image_pdfimage_print