О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 10 ta mahalla bilan hamkorligi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 10 ta mahalla bilan hamkorligi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan yoshlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazish maqsadida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 10 ta mahalla bilan о‘zaro hamkorlik yо‘lga qо‘yilgan. Ushbu mahalla fuqarolar yig‘inlarida qariyib 52 ming nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ularni yarmi yoshlar.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 10 ta mahalla bilan hamkorligi
Ana shunday hamkorlik natijasida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shahriobod” mahallasiga kitoblar topshirildi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 10 ta mahalla bilan hamkorligi
Ma’naviy yetuklikning in’ikosi bо‘lgan ushbu badiiy adabiyotlar о‘qishga ishtiyoqi bо‘lgan yoshlar uchun endi yanada qulayliklar yaratadi. Kitoblarni topshirish marosimida institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev tumandagi kam ta’minlangan, temir daftarga kiritilgan oilalar farzandlarini qо‘llab -quvvatlash, ularga har tomonlama yordam kо‘rsatish maqsadida institutda faoliyat olib borayotgan basseyndan tekinga foydalanishlari mumkin ekanligi aytdi va bu taklif mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Odil Usmonov tomonidan katta xursandchilik bilan kutib olindi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 10 ta mahalla bilan hamkorligi
Ma’lumot о‘rnida aytish mumkin, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida mahalla yoshlari uchun institutda matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti fanlari, kompyuter savodxonligi, mini futbol, milliy kurash kabi qator yо‘nalishlar bо‘yicha tugaraklar tashkil etilgan.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 10 ta mahalla bilan hamkorligi
Ushbu tugaraklarda mashg‘ulotlarni institutning professor-о‘qituvchilari olib borishadi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 10 ta mahalla bilan hamkorligi
Bundan tashqari mahalla va О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti о‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik natijasida mahalla fuqarolari uchun turli madaniy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar ham о‘tkazilib kelinmoqda.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print