О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTIDA AYOLLAR BAYRAMI NISHONLANDI

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Sening noming shonlardan ulug‘,
Buloq suvlaridan toza va zilol.
Kо‘hna muhabbatga yо‘g‘rilgan qutlug‘,
Gо‘zal va betakrorsan, dilobar ayol!
Qancha madh etmayin, noming tilimda,
Pokiza hislaring yonar dilimda,
Sen baxtsan, iqbolsan hayot yо‘limda,
Gо‘zal va betakrorsan, dilobar ayol!

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Gо‘zallik va nafosat umrni shirin lahzalarga tо‘ldiradi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bu yil 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami tamomila о‘zgacha shukuhda nishonlandi. Institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev 7 mart kuni erta tongdan 4 yо‘nalishda ayollarimizni samimiy qutladilar. Eng birinchi о‘rinda, konferensiyalar zalida jamoaning xо‘jalik xodimalarini qutladilar. Ularning mashaqqatli va zahmatli mehnatlari doimo ardoqlanishini ta’kidlab о‘tdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Undan sо‘ng ikkinchi yо‘nalishda, bо‘limlarning mutaxassis ayollarini tabrikladilar. Oliy ta’lim muassasasining boshqaruv faoliyatida ilg‘or bо‘lgan jamoa a’zolarining fidokorona xizmatlarini e’tirof etdilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Uchinchi yо‘nalishda esa institutning professor-о‘qituvchilarini chin dildan samimiy qutladilar. Ularning say-harakatlari, ilmiy va ijodiy salohiyati tufayli О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti yetuk va malakali kadrlarni yetishtirib kelmoqda. Barcha ayollarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari, pul mukofotlari topshirildi.
Tо‘rtinchi yо‘nalishda tushdan sо‘ng, institutning О‘quv teatrida 8 mart sanasi munosabati bilan “Sen baribir muqaddassan ayol” nomli teatrlashtirilgan konsert dasturi tuhfa etildi. О‘quv teatriga kiraverishda barcha ayollarga gullar taqdim etildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Tadbirni institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev ochib berib, barcha munis va gо‘zal ayollarimizni bayram bilan muborakbod etdilar. Ularning tashabbusi bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 60 yoshga tо‘lgan va shu yoshdan oshgan, necha yillardan buyon shu dargohda mehnat qilib kelayotgan ayollarimizga qimmatbaho sovg‘alar va bayram guldastalari tantanali ravishda taqdim etildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Shundan sо‘ng, bayramning badiiy qismi boshlandi. Noan’anaviy tarzda yondashilgan tadbir qizg‘in tus olib, shou tomoshalarga, milliy va zamonaviy kuy-qо‘shiqlarga boy bо‘ldi. Ayollarimizni sahnada faqat erkaklar о‘z ijod namunalari bilan qutlashdi. О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Azamat Sharipov, aktyor Dilmurod Uzoqov, pedagog Farhod Farmonov, О‘quv teatri aktyori Jamshid Egamov, iqtidorli talabalar Zokirjon G‘ulomov, “Tornado” guruhi yigitlari bayram shukuhini oshirishdi. Jonli ijrolarning fayzi, yumorga boy chiqishlar, duetlar, xorijiy qо‘shiqlarning ijrosi, fokus tomoshasi, bolalarning qо‘shiq va raqslari barcha muxlislarni olqishiga sazovor bо‘ldi.
“Sen baribir muqaddassan ayol” tadbiri О‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallari orqali yoritilib, endilikda efirga uzatiladi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Barcha professor-о‘qituvchi ayollar, xodimlar va talaba-qizlar bayram kayfiyatidan mamnun bо‘lishib, cheksiz minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTIDA AYOLLAR BAYRAMI NISHONLANDI О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTIDA AYOLLAR BAYRAMI NISHONLANDI О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTIDA AYOLLAR BAYRAMI NISHONLANDI
Yana bir bor barcha ayollarimizga bayram muborak bо‘lsin!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print